Namanganda o‘tkazilgan DIGITAL4BUSINESS treninglari muvaffaqiyatli yakunlandi!

12-16 noyabr kunlari Namanganda tadbirkorlar uchun raqamli ko‘nikmalar va IT-vositalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi. Dastur ishtirokchilari ularga raqamli iqtisodiyotning hozirgi holatiga samarali moslashishida yordam beradigan noyob bilimlarga ega bo‘ldilar.

Biz faol ishtiroki va o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan intilishi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!