22-26 oktyabr kunlari Andijonda biznesni rivojlantirish uchun raqamli ko‘nikmalar va vositalarni o‘zlashtirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan DIGITAL4BUSINESS jadal treninglari o‘tkazildi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi:
— Raqamli tadbirkorlik
— Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda biznesni boshqarish
— Samarqali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish
— Raqamli marketing,SMM va SEO-optimizatsiya
— Elektron tijorat va onlayn-savdolar
— Tadbirkorlar uchun kiberxavfsizlik asoslari
Ko‘rsatgan ishtiyoqi va faolligi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!



















