Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Yana bir bor tashkilotchilar va mentorlarga o’zimizni chuqur minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman! Yangicha yondashuv, yangi insightlar uchun rahmat!

Assalomu alaykum!
Barcha tashkilotchilarga rahmat. Qayerdan kimdan javob olishni bilmay yurgan savollarimizga javob topdim.
Hammamizga hayrli bilimlar nasib qilsin.

Assalomu alaykum!

Ushbu loyiha yuqori darajada, juda intensiv va maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etilgan bo‘lib, har bir kunning mashg‘ulotlari o‘z sohasining yetuk professionallari tomonidan olib borilmoqda. Trening davomida o‘z biznesini rivojlantirishni istagan tadbirkorlar uchun juda zarur bilim va yo‘l-yo‘riqlar berilmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni biznesda samarali qo‘llash bo‘yicha o‘rgatilayotgan metodlar barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu treningni tashkil etgan barchaga, chuqur tashakkur izhor qilaman!

Hurmat bilan,
Ahmadbek Bozorbekov
Trening ishtirokchisi

Darslarimiz judayam qiziqarli bo’layapti. O’zimiz uchun judayam yaxshi bilimlar olayapmiz. Bugungi spikerlar o’z ishining mutaxassisi va tajribasi bor ekanligi yaqqol bilinib turibti.

Assalomu alaykum hurmatli tashkilotchilar, mentorlar!

Bugun sessiyalarning 3-kuni,mashg‘ulotlar juda foydali bo‘lmoqda. Ayniqsa, hayotiy misollar va o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan professional mutaxassislardan o‘rganayotgan strategiyalar samarali bo’lmoqda. Ularning tajribalari kelgusida o‘z faoliyatimizni samarali tashkil etishga yordam beradi, deb ishonaman.

Bugun Farg‘onadan kelgan spikerlar o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar. Ushbu treningni tashkil qilganlarga va barcha mentorlarga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘rganganlarimiz biznesimizni yanada rivojlantirishda katta yordam berishiga ishonamiz!

Men uchun davlat raqamli servislaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar va ekspertlarning shaxsiy konsultatsiyalari juda foydali bo‘ldi

Men ilk bor o‘z kompaniyam uchun mustaqil ravishda telegram-bot yaratishga urinib ko‘rdim va uddaladim !

Trening davomida ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ko‘proq real misollarga asoslangan keyslarni o‘rganish samarali bo‘lar edi. 

Hammasi yoqdi, tashkilotchilarga rahmat, biz bu treningdan nafaqat yangi bilimlarni, balki motivatsiya ham oldik. Bunday treninglar tez-tez o‘tkazilishini xohlardim 

IT-mutaxassislar juda foydali ma’lumotlarni berishdi, marketing bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘ldik