Farg‘onada treninglar 8-12 oktyabr kunlari “Asia Fergana” mehmonxonasida o‘tkazildi, unga ta’lim, media, tadbirkorlik, kashtachilik va tikuvchilik, sotuvlar va ihslab chiqarish kabi iqtisodiyotning turli sektorlarida faoliyat ko‘rsatuvchi faol ishtirokchilar jalb qilindi.

Tadbirkorlar o‘z biznesini ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat platformalari va boshqa onlayn-vositalar, jumladan saytlar, messenjerlarda marketing va sun’iy intellektni qo‘llash orqali rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar haqida bilib oldilar.  

Ishtirokchilar ko‘plab savollarni berishdi va o‘zaro tajriba almashishdi, bu o‘zaro yordamga va mijozlar tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashdi. Treninglar interfaol formatda o’tkazildi, bu ta’lim jarayonini yanada qiziqarliroq va samaraliroq qildi.