Nukus: 26-30 noyabr, 2024

Farg‘ona: 8-12 oktyabr, 2024

Andijon: 22-26 oktyabr, 2024

Namangan: 12-16 noyabr, 2024

Loyiha haqida

Raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha “Digital4Business” treninglari O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish”  loyihasi doirasida “Tech4Impact” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.

 Treninglar jadvali:

Кўпроқ билиб олинг

22-26 oktyabr kunlari Andijonda biznesni rivojlantirish uchun raqamli ko‘nikmalar va vositalarni o‘zlashtirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan DIGITAL4BUSINESS jadal treninglari o‘tkazildi.

Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi:

— Raqamli tadbirkorlik
— Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda biznesni boshqarish
— Samarqali qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish
— Raqamli marketing,SMM va SEO-optimizatsiya
— Elektron tijorat va onlayn-savdolar
— Tadbirkorlar uchun kiberxavfsizlik asoslari

Ko‘rsatgan ishtiyoqi va faolligi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Farg‘onada treninglar 8-12 oktyabr kunlari “Asia Fergana” mehmonxonasida o‘tkazildi, unga ta’lim, media, tadbirkorlik, kashtachilik va tikuvchilik, sotuvlar va ihslab chiqarish kabi iqtisodiyotning turli sektorlarida faoliyat ko‘rsatuvchi faol ishtirokchilar jalb qilindi.

Tadbirkorlar o‘z biznesini ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat platformalari va boshqa onlayn-vositalar, jumladan saytlar, messenjerlarda marketing va sun’iy intellektni qo‘llash orqali rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar haqida bilib oldilar.  

Ishtirokchilar ko‘plab savollarni berishdi va o‘zaro tajriba almashishdi, bu o‘zaro yordamga va mijozlar tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashdi. Treninglar interfaol formatda o’tkazildi, bu ta’lim jarayonini yanada qiziqarliroq va samaraliroq qildi.

 

Namanganda o‘tkazilgan DIGITAL4BUSINESS treninglari muvaffaqiyatli yakunlandi!

12-16 noyabr kunlari Namanganda tadbirkorlar uchun raqamli ko‘nikmalar va IT-vositalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi. Dastur ishtirokchilari ularga raqamli iqtisodiyotning hozirgi holatiga samarali moslashishida yordam beradigan noyob bilimlarga ega bo‘ldilar.

Biz faol ishtiroki va o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan intilishi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

📍 Nukusda “DIGITAL4BUSINESS” treninglarining yakuniy seriyasi boshlandi!

26-30 noyabr kunlari Nukusda tadbirkorlar uchun «DIGITAL4BUSINESS” IT va raqamli treninglar dasturining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu treninglar seriyasi tadbirkorlarning, shu jumladan ayollar va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha О‘zbekistonning to‘rtta hududini qamrayu olgan keng ko‘lamli loyihasini yakunlaydi.

📚 Treninglar ishtirokchilari quyidagilarni o‘rganadi:

— Raqamli tadbirkorlik va biznesni boshqarish vositalari;
— Strategik qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlar tahlili;
— Raqamli marketing, SMM va SEO-optimizatsiya;
— Elektron tijorat va onlayn-sotuvlar;
— Biznes uchun kiberxavfsizlik asoslari va boshqa mavzular.

Biz Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar treninglarda faol qatnashayotganini ko‘rishdan mamnunmiz, yakuniy bosqich О‘zbekistondaraqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ushbu dasturning yorqin yakuni bo‘lishiga ishonchimiz komil.

——

Farg‘hona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar О‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Маърузалар видеоси

Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Tadbirkor

Yana bir bor tashkilotchilar va mentorlarga o’zimizni chuqur minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman! Yangicha yondashuv, yangi insightlar uchun rahmat!

Assalomu alaykum!
Barcha tashkilotchilarga rahmat. Qayerdan kimdan javob olishni bilmay yurgan savollarimizga javob topdim.
Hammamizga hayrli bilimlar nasib qilsin.

Assalomu alaykum!

Ushbu loyiha yuqori darajada, juda intensiv va maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etilgan bo‘lib, har bir kunning mashg‘ulotlari o‘z sohasining yetuk professionallari tomonidan olib borilmoqda. Trening davomida o‘z biznesini rivojlantirishni istagan tadbirkorlar uchun juda zarur bilim va yo‘l-yo‘riqlar berilmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni biznesda samarali qo‘llash bo‘yicha o‘rgatilayotgan metodlar barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu treningni tashkil etgan barchaga, chuqur tashakkur izhor qilaman!

Hurmat bilan,
Ahmadbek Bozorbekov
Trening ishtirokchisi

Darslarimiz judayam qiziqarli bo’layapti. O’zimiz uchun judayam yaxshi bilimlar olayapmiz. Bugungi spikerlar o’z ishining mutaxassisi va tajribasi bor ekanligi yaqqol bilinib turibti.

Assalomu alaykum hurmatli tashkilotchilar, mentorlar!

Bugun sessiyalarning 3-kuni,mashg‘ulotlar juda foydali bo‘lmoqda. Ayniqsa, hayotiy misollar va o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan professional mutaxassislardan o‘rganayotgan strategiyalar samarali bo’lmoqda. Ularning tajribalari kelgusida o‘z faoliyatimizni samarali tashkil etishga yordam beradi, deb ishonaman.

Bugun Farg‘onadan kelgan spikerlar o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar. Ushbu treningni tashkil qilganlarga va barcha mentorlarga chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘rganganlarimiz biznesimizni yanada rivojlantirishda katta yordam berishiga ishonamiz!

Men uchun davlat raqamli servislaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar va ekspertlarning shaxsiy konsultatsiyalari juda foydali bo‘ldi

Men ilk bor o‘z kompaniyam uchun mustaqil ravishda telegram-bot yaratishga urinib ko‘rdim va uddaladim !

Trening davomida ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ko‘proq real misollarga asoslangan keyslarni o‘rganish samarali bo‘lar edi. 

Hammasi yoqdi, tashkilotchilarga rahmat, biz bu treningdan nafaqat yangi bilimlarni, balki motivatsiya ham oldik. Bunday treninglar tez-tez o‘tkazilishini xohlardim 

IT-mutaxassislar juda foydali ma’lumotlarni berishdi, marketing bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘ldik